Talablar:
Oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lish;
Bank, moliya sohasida kamida 5 (besh) yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
Oxirgi 5 (besh) yilda kamida 3 (uch) yil mijozlarga xizmat ko‘rsatish va bank mahsulotlarini sotish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma rahbari lavozimlarida ishlagan bo‘lishi;
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar mohiyatini bilishi;
Mikro va kichik biznes subektlarini kreditlashning, ularga kompleks bank xizmatlari ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi va ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
Kichik biznes subektlari segmenti ehtiyojlarini o‘rganish va mijozlar talablariga mos bank mahsulotlarini chiqarish bo‘yicha marketing bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilishi;
Vazifalari:
Mikro va kichik biznes subektlariga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish tizimini joriy qilish;
Kichik biznes subektlarining har bir segmenti bilan ishlash va ularni rivojlantirib borish mexanizmini yaratish;
Mijozlar bazasida Mikro va kichik biznes subekti vakillari salmog‘ini oshirish uchun yangi tadbirkorlik subektlarini jalb qilish;
Kichik biznes subektlariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish;
Kichik va korporativ biznes subektlarini kreditlash jarayonlarini avtomatlashtirish;
Lavozim yo‘riqnomasiga asosan boshqa vazifalar;
Ish sharoitlari:
Mamlakatning nufuzli bankida o‘sish;
Munosib ish haqi;
Yuqori malakali jamoada ishlash.