Vazifalar:
♦️Model risklarini boshqarish bo‘yicha ichki me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va zaruriyatga ko‘ra takomillashtirishda ishtirok etadi;
♦️Bankning risklarni boshqarish strategiyasi va risk-appetiti parametrlaridan kelib chiqib, model risklarini boshqarish bo‘yicha rahbariyatga takliflar va tahliliy xulosalar tayyorlaydi;
♦️Kredit skoring/reyting, PD va boshqa risk modellarini ishlab chiqish, sozlash, monitoring qilish va validatsiya jarayonlarini ma’lumotlar hamda dasturlash nuqtayi nazaridan qo‘llab-quvvatlaydi;
♦️Yirik hajmdagi kredit portfeli va skoring ma’lumotlarini SQL, Python va Excel kabi vositalar yordamida yig‘ish, tozalash, qayta ishlash va tahlil qilish;
♦️Kredit skoring va portfel risklarini baholash uchun statistik, regression va boshqa analitik usullar asosida modellar ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etadi;
♦️Risk hisobotlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlar oqimlarini optimallashtirish va Power BI hamda boshqa vositalar orqali takroriy hisobotlarni avtomatlashtirishda ishtirok etadi.
Talablar:
♦️Risk menejment, iqtisodiyot, IT, moliya yoki matematika sohasida bakalavr yoki magistr darajasi.
♦️Ma’lumotlarni tahlil qilish va yirik hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha ish tajribasi; bank-moliya, kredit skoringi, model ishlab chiqish/validatsiyasi yoki risk analitikasi sohasidagi tajribaga ustunlik beriladi;
♦️SQL/PostgreSQL va Python bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar; Excel (ilg‘or daraja) va Power BI bilan ishlash tajribasi; R yoki boshqa statistik dasturlash tillarini bilish ustunlik beradi;
♦️Yirik hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, ma’lumotlar sifati va ma’lumotlar tuzilmasini tahlil qilish ko‘nikmalari;
♦️O‘zbek va rus tillarini bilishi;
♦️Ingliz tilini bilishi ustunlikka ega;
♦️Kuchli tahliliy va tanqidiy fikrlash, muammolarni tizimli hal qilish, muloqot va jamoada ishlash ko‘nikmalari.
♦️Model ishlab chiqish va validatsiya jarayonlarida mustaqillik va vakolatlarni taqsimlash tamoyillariga rioya qiladi.