улица Махатмы Ганди 14
MAQSAD Education onlayn maktabiga savdo menejeri kerak!
Biz ko'p pul ishlashga tayyor bo'lgan faol va mas'uliyatli odamlarni qidirmoqdamiz!
Maktab haqida:
MAQSAD Education - bu qisqa vaqt ichida SMM mutaxassisi, Targetolog, Mobilograf va shaxsiy brend menejeri kabi kasblarni o’rgatadigan aktual kasblar onlayn maktabi.
Bugungi kunga qadar 3500 dan ortiq o'quvchi bizning kurslarimizni tamomlagan va ularning 78 foizi kursni tugatgandan so'ng ish bilan ta'minlangan / loyihalarga ega.
Biz, boshqa onlayn maktablardan farqli o'laroq, tajribaga asoslangan qat'iy bilimlarni beramiz. Bizning har bir spikerlarimiz agentlik egasi yoki kamida 3 yillik tajribaga ega bo'lgan amaldagi mutaxassisdir. Biz o'quvchilarga sotish uchun natijalarni va'da qilmaymiz, lekin natija ko’rishlari uchun barcha harakatlarni amalga oshiramiz.
Sizga nimani taklif qilamiz:
- Oyiga kamida 4 000 000 so 'm ish haqi natiajaga asoslanib. Ammo bu siz ishlamay turib pul ishlashingiz mumkin degani emas, siz ko'p ishlashingiz kerak bo'ladi. Buning uchun biz bonuslarni to'lashga tayyormiz. Eng yaxshi savdo menejeri o'tgan oy 12 000 000 so'm daromad ko’rdi;
- O'z vaqtida to'lash - har oyning 20-kuni 100% ish haqi + bonuslar;
- Ajoyib motivatsion tizim;
- Uyali aloqa bilan ta'minlash;
Sizning vazifalaringiz qanday:
- Qo'ng'iroqlar orqali onlayn marketing kurslarini sotish;
- AmoCRM bilan ishlash (agar bilmasangiz, biz o'rgatamiz);
- Bajarilgan ishlar bo'yicha kunlik hisobot.
Biz taklif qiladigan shartlar:
- Ish vaqti 10:00 dan 19: 00 gacha, 6/1
- Sinov muddati - bir oy (to'lanadi)
- Sotuvdan foiz + bonus tizimi
O'ZBEK TILINI MUKAMMAL BILISH MUHIM!
Javob bilan bir qatorda, nima uchun bizga mos kelishingizni qisqacha tasvirlab beradigan motivatsion xatini ko'rishdan xursand bo'lamiz.