SMM-menejer (full-time uchun)

Дата размещения вакансии: 08.07.2025
Работодатель: ABABIN
Уровень зарплаты:
от 6000000 до 8000000 RUR
Город:
Ташкент
Янгихаётский район, улица Канора
Требуемый опыт работы:
От 1 года до 3 лет

ISHGA TAKLIF: ASKO kompaniyasiga SMM-menejer kerak!

ASKO haqida qisqacha:

ASKO — bu O‘zbekistondagi eng yirik avtomobil ehtiyot qismlari (avtoshinalar, disklar, akkumulyatorlar) do‘konlari tarmog‘i. Hozirda 53 dan ortiq filiallarimiz respublika bo‘ylab faoliyat yuritmoqda. Biz — savdo sohasida ishonchli brend va “yaxshi muhit – yaxshi natija” falsafasiga ishongan jamoamiz.

Ish joyi: Toshkent shahri, Yangi hayot tumani, Tashkent INDEX, F-3 blok

Vazifalar:

  • Instagram, Telegram kabi platformalarda kontent strategiyasini yuritish
  • Kontent-plan va haftalik post-rejalarni tuzish

  • Grafika va videolar bo‘yicha dizayner va operatorlar bilan ishlash

  • Blogerlar bilan hamkorlik, aksiya va reklamalarni yo‘lga qo‘yish

  • Auditoriyani tahlil qilish, organik o‘sishni ta’minlash

  • Call-to-action’li postlar bilan do‘konlarga mijoz oqimini kuchaytirish

Bizga kim kerak?

  • 20 yoshdan katta o'g'il bola

  • SMM sohasida kamida 1 yillik tajriba

  • O‘zbek va rus tillarini yaxshi biladigan

  • Kontent yozishda va g‘oya ishlab chiqishda ijodiy fikrlaydigan

  • Trend va algoritmlarni doimiy kuzatadigan

  • kitobxon bo'lgan

Biz nimalar taklif qilamiz?

  • Ish vaqti: 09:00–18:00, 6 kunlik ish haftasi

  • Rasmiy ishga qabul, 1 oylik sinov muddati

  • O‘sish yo‘li: SMM menejer → Team Lead → Marketing bo‘limi rahbari

  • Shinam ofis, alohida oshxona

  • Har oyda 2 marta to‘lanadigan oylik

  • Har haftalik korporativ futbol va kutubxona

  • Professional o‘quvlar va treninglar (ichki va tashqi)