Юнусабадская линия метро Туркестан
SALES DOCTOR - O'zbekistondagi yetakchi IT-kompaniyalardan biri. Biz zamonaviy dasturiy ta'minot yaratamiz va mijozlarimizga yuqori sifatli IT-xizmatlarni taqdim etamiz. IT kompaniyasida o'sib, rivojlanishni xohlaysizmi? Unda bizga qo'shiling!
Vazifalaringiz:
-
Mijozlarga telefon, elektron pochta va chat orqali yuqori sifatli yordam ko'rsatish.
-
Kiruvchi va chiquvchi qo'ng'iroqlarni qabul qilish va amalga oshirish.
-
Mijozlarning muammolarini hal qilish, ularga kompaniya mahsulotlari va xizmatlari haqida ma'lumot berish.
-
Mijozlar bilan muloqot qilish jarayonida yuzaga keladigan turli xil savollarga javob berish, shu jumladan, dasturiy ta'minotning funksional imkoniyatlari bo'yicha.
Talablar:
-
Distributsiya sohasida ish tajribasiga ega nomzodlar afzal ko'riladi.
-
Sotuvchi-konsultant sifatida ish tajribasiga ega nomzodlar ham ko'rib chiqiladi.
-
O'zbek tilini mukammal bilish, rus tilini bilish katta plyus bo'ladi.
-
Kompyuter dasturlari bilan ishlash ko'nikmalariga ega bo'lish, xususan, 1C, Sales Doctor, RITM, Onebuy, Smartup kabi dasturlar bilan tajriba (ustunlik beriladi).
Ish sharoitlari:
-
Ish grafigi: 5/2 (har ikkinchi shanba ish kuni, qo'shimcha haq to'lanadi).
-
Turkiston metro bekati yonida joylashgan zamonaviy ofis.
-
Bepul tushlik.
-
Do'stona jamoa va qulay ish muhiti.
-
Professional o'sish va rivojlanish uchun imkoniyatlar.