Bogʻcha Direktori (Menejeri) Dream Kids

Дата размещения вакансии: 12.07.2025
Работодатель: BIG MONEY ESTATE
Уровень зарплаты:
от 5000000 до 12000000 RUR
Город:
Ташкент
Юнусабадский район, махаллинский сход граждан Туркистан
Требуемый опыт работы:
От 1 года до 3 лет

Bogʻcha Direktori (Menejeri) Lavozimi Bo‘yicha Yo‘riqnoma

Maqsad:

Bog‘chaning umumiy faoliyatini samarali boshqarish, moliyaviy barqarorligini ta’minlash va marketing orqali yangi mijozlarni jalb qilish hamda xizmat sifatini yuqori darajada ushlab turish.

Asosiy vazifalari:

  • Bog‘chaning kundalik faoliyatini rejalashtirish va boshqarish

  • O‘qituvchilar, yordamchi xodimlar nazorat qilish

  • Bog‘chadagi o‘quv dasturlari va tarbiyaviy jarayonlarga sifatli yondashuvni ta’minlash

  • Yangi mijozlarni jalb qilish (marketing va savdo strategiyalarini ishlab chiqish va joriy etish)

  • Ortiqcha xarajatlarning oldini olish, byudjetni yuritish va rentabellikni oshirish

  • Ota-onalar bilan samarali aloqalarni o‘rnatish, ehtiyoj va shikoyatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish

  • Sanitariya, xavfsizlik va qonuniy talablarning bajarilishini ta'minlash

KPI (asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari):

  • To‘ldirilgan guruhlar soni va umumiy o‘quvchi soni (asosiy ko‘rsatkich)

  • Mijozlar roziligi (feedbacklar)

  • Marketing kampaniyalarining samaradorligi (leads → ro‘yxatdan o‘tganlar nisbati)

  • Hodimlar aylanishi va ishchi jamoaning barqarorligi

  • Budjetga rioya qilish va daromad-xarajat balansining sog‘lomligi

Marketing va sotuvdagi ishtirok:

  • Raqobatchilarni tahlil qilish, narx siyosatini shakllantirishda ishtirok

  • SMM va tashqi reklama bo‘yicha marketing bo‘limiga topshiriqlar berish

  • Ota-onalar bilan uchrashuvlar va reklama aksiyalarida bevosita qatnashish

  • Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘cha imidjini faol yuritish

Talablar:

  • Kamida 2 yillik menejerlik yoki ta’lim muassasasidagi rahbarlik tajribasi

  • Muloqot qobiliyati kuchli, jamoani boshqarish salohiyatiga ega

  • Marketing yoki mijozlar bilan ishlash tajribasi mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiq

  • Pedagogika, menejment yoki marketing bo‘yicha oliy ma’lumot afzallik beradi

  • Stressga bardoshli, natijaga yo‘naltirilgan, proaktiv yondashuvga ega