Filial rahbari

Дата размещения вакансии: 10.10.2025
Работодатель: Mars IT School
Уровень зарплаты:
от 4000000 до 10000000 RUR
Город:
Ташкент
Требуемый опыт работы:
От 1 года до 3 лет

Mars IT School jamoa va filial boshqaruvi uchun liderlarni izlamoqda.

Agar samaradorlik va mas’uliyat sizning prinsiplaringiz bo‘lsa, o‘zingizni boshqaruvda ko‘rsangiz bu imkoniyat siz uchun!

Biz sizga jamoa va filial boshqaruvi, qo‘llab-quvvatlash hamda treninglar beramiz. Sizdan esa o‘rganishga tayyorlik va natijaga intilish talab qilinadi.

Biz IT ta’limida eng tez o‘sayotgan markazlardanmiz. Hozirda 2500–3000 o‘quvchi ta’lim olmoqda, yil oxirigacha bu ko‘rsatkichni 5000 nafarga yetkazish uchun sizning qobiliyatingiz zarur!

Vazifalaringiz

Filialning kundalik ish faoliyatini samarali tashkil qilish
Administratorlar ishini nazorat qilish, ularni rivojlantirish va motivatsiya berish
Mijoz muammolarini tez va professional tarzda hal qilish
O‘qituvchilar, savdo va boshqa bo‘limlar bilan hamkorlikda ishlash
Moliyaviy intizomni ta’minlash (to‘lovlar, hisobotlar, xarajatlar nazorati)
CRM tizimi va ichki hujjatlar bilan ishlash

Sizdagi ko‘nikmalar

Jamoani boshqarish va liderlik qobiliyati
Mas’uliyat, tashabbuskorlik, mustaqil qaror qabul qilish
Samarali muloqot va muammolarni hal qilish ko‘nikmasi
Kompyuterda ishlash (Office, CRM)
Ta’lim yoki xizmat sohasida rahbarlik tajribasi (afzal, majburiy emas)
Ta’limga bo‘lgan muhabbat va rivojlantirishga bo‘lgan ishtiyoq.

Biz taklif qilamiz

Rasmiy mehnat shartnomasi
Haq to‘lanadigan ta’til va kasallik varaqalari
Ish vaqti:11:00 – 20:00
6/1 ish rejimi

Bonuslar

50% chegirma — fitnes (Power Fitness)
30% chegirma — kurslar (Space Academy)
20% chegirma — ingliz tili (Cambridge LC) va ta’lim (Najot Ta’lim)
10% сhegirma — stomatologiya xizmatlariga
Yosh va do‘stona jamoa, moslashuv jarayonida qo‘llab-quvvatlash va murabbiylik
Kompaniya ichida o‘sish va rivojlanishning aniq tizimi
Kelajak imkoniyatlari
Tez rivojlanayotgan kompaniyada martaba yo‘li: Filial rahbari → Hududiy menejer → Operatsion direktor
Xodimlarimizning o‘sishi va rivojlanishiga muntazam sarmoya kiritamiz