Lavozim maqsadi
Set dokonlar, gipermarketlar va milliy savdo tarmoqlari bilan shartnomaviy va strategik hamkorlikni rivojlantirish, savdo rejalari va shelf-share ko‘rsatkichlarini maksimal darajada oshirish.
Asosiy vazifalar
1. Retail tarmoqlar bilan strategik ishlash
-
Korzinka, Makro, Baraka, Havas, Bi1, Grandmart, Carrefour va boshqa yirik tarmoqlar bilan muzokara olib borish
-
Category managerlar, sotib oluvchilar (buyers) bilan muntazam uchrashuvlar
-
Shelf-space, facing, assortiment, promo talablari bo‘yicha kelishuvlar
2. Savdo natijalari va rejalashtirish
-
Oylik / chorak / yillik savdo rejalarini bajarish
-
Sell-in / Sell-out tahlillarini yuritish
-
Tovar zaxiralari, rotatsiya va yetkazib berish jarayonlarini nazorat qilish
-
Listing, delisting va assortiment siyosatini yuritish
3. Promo & Aksiya boshqaruvi
-
Promo kampaniyalarni rejalashtirish va KPI bo‘yicha baholash
-
Aksiya uchun marketing materiallarini talab qilish va kelishish
-
Sezonlik sotuv strategiyasini ishlab chiqish (Yangi yil, Navro‘z, 1-iyun va h.k.)
4. Merchandising va vitrina boshqaruvi
-
O‘yinchoq kategoriyasida shelf-share, facing, joylashuvni yaxshilash
-
Merchandiserlar jamoasi ishini nazorat qilish
-
Fotohisobotlar orqali vizual standartlarni tekshirish
5. Hisobotlar va analytics
-
Retail bo‘yicha KPI hisobotlarini yuritish
-
Savdo dinamikasi, promo ROI, kategoriya o‘sishi bo‘yicha tahlil tayyorlash
-
CRM/ERP (SmartUp) tizimida ma’lumotlarni aniq yuritish
Talablar
Majburiy:
-
Retail / FMCG / Consumer goods yo‘nalishida 2–3+ yillik tajriba
-
Set dokonlar yoki gipermarketlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba
-
Negotiation & Sales skills — professional darajada
-
Excel, ERP, CRM bilan ishlash qobiliyati
-
Tahliliy fikrlash va KPI bo‘yicha ishlash
Afzalliklar:
-
O‘yinchoq bozorida yoki bolalar kategoriyasida ishlagan bo‘lsa — ustunlik
-
Category management tushunchalarini bilish
-
Rus va o‘zbek tillarida erkin muloqot
-
Marketing bilan hamkorlikda ishlash tajribasi