Sotuv menejeri

Дата размещения вакансии: 08.04.2026
Работодатель: EDTECH ALLIANCE
Уровень зарплаты:
от 6500000 RUR
Город:
Ташкент
улица Беруни 83
Требуемый опыт работы:
От 1 года до 3 лет

Jahon School — kelajak avlodni tarbiyalayotgan zamonaviy va jadal rivojlanayotgan maktab. Biz nafaqat ta’lim beramiz, balki har bir ota-onaga farzandining porloq kelajagini rejalashtirishda ko’maklashamiz.
Agar siz muloqot ustasi bo’lsangiz, odamlarni ishontira olsangiz va natija uchun ishlashni yoqtirsangiz — biz sizni jamoamizda kutamiz!

Sizning asosiy vazifalaringiz:

  • Mijozlar bilan muloqot: Maktabga tashrif buyurgan ota-onalarga muassasamizning afzalliklari va qadriyatlari haqida professional taqdimot o’tkazish;
  • Yo’naltirish: O’quvchilarni kirish imtihonlari va psixolog suhbatiga tayyorlash hamda jarayonni boshqarish;
  • Natija: Muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlash va yangi shartnomalar tuzish.

Talablar:

  • Sotuv tajribasiga ega bo’lish: Kamida 1 yillik tajribaga ega (yoki bu sohada kuchli potensiali bor) shijoatli yoshlar;
  • Nutq madaniyati: O’zbek tilida mukammal va ravon so’zlasha oladigan (Rus va Ingliz tillarini bilish — siz uchun katta afzallik);
  • Texnik bilim: Kompyuter, ofis dasturlari va CRM tizimi bilan ishlashni biladigan;
  • Shaxsiy sifatlar: O’ziga ishongan, emotsional intellekti yuqori, ekstrovert va stressli vaziyatlarda ham tabassumni yo’qotmaydigan mutaxassis.
  • Dam olish kunlarida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazilishi munosabati bilan ishga jalb etilish holatlari bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda bajarilgan ish uchun alohida qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Nima uchun aynan Jahon School?

  • Ish grafiki 9:00-18:00 (6/1);
  • Barqaror va o‘z vaqtida ish haqi (Suhbat asosida belgilanadi);

  • Zamonaviy va qulay ish muhiti: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;

  • Sotuv samaradorligiga qarab KPI bonus;

  • Doimiy kasbiy rivojlanish, treninglar, seminarlar;

  • Quvnoq va kuchli pedagoglar jamoasi;

  • Texnika va uslubiy materiallar bilan to‘liq ta’minot;

  • O‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish uchun ochiq muhit.

  • Maktab hisobidan bepul mazzali tushlik;

  • Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari;

  • Jamoaviy tadbirlar, korporativlar, samimiy va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.