з/п не указана
Ташкент
Сергелийский район, улица Янги Сергели
Сергелийский район, улица Янги Сергели
От 1 года до 3 лет
PDP Academy jamoasi IT sohasiga qiziqadigan, raqamli dunyo trendlarini his qiladigan va kreativ kontent orqali natija ko‘rsata oladigan mahoratli SMM Menejerni qidirmoqda!
Agar siz nafaqat post joylashni, balki auditoriya bilan muloqot qilish san’atini bilsangiz, biz sizni kutamiz.
🚀 Sizning mas’uliyatlaringiz:
- Sahifalarni boshqarish: Akademiyaning Instagram, Telegram, Facebook va YouTube sahifalarini strategik yuritish;
- Kontent-strategiya: Kreativ kontent-reja tuzish va uning sifatli ijrosini ta’minlash;
- Kopirayting: Postlar, bannerlar va Reels’lar uchun jalb qiluvchi, savodli va ta’sirli matnlar yozish;
- Production Management: Dizayner, mobilograf va montajyorlarga aniq texnik topshiriqlar (TZ) berish hamda sifat nazoratini olib borish.
✅ Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- SMM sohasida kamida 1 yillik muvaffaqiyatli tajriba;
- Ijtimoiy tarmoqlar algoritmlari va so‘nggi trendlarni mukammal tushunish;
- Kreativ fikrlash va yuqori vizual did (estetika);
- O‘zbek va rus tillarida mukammal kopirayting ko‘nikmasi;
- Intizom, mas’uliyat va belgilangan muddatlarga (deadline) amal qilish.
🎁 Biz taklif etamiz:
- Professional o‘sish: Tajribali CMO rahbarligida marketingning strategiya va performans yo‘nalishlarida real tajriba orttirish;
- Imtiyozlar: PDP Academy kurslarida o‘qish uchun maxsus bonuslar va chegirmalar;
- Muhit: Yosh, kreativ jamoa va yangi g‘oyalarni amalga oshirish uchun erkin maydon;
- Sharoitlar: Zamonaviy ofis, raqobatbardosh maosh va karyera yuksalishi.
🗓 Ish grafigi: 5/2 (10:00 – 19:00).
IT ta'limi kelajagini biz bilan birga yarating!
Rezyume va portfoliongizni kutib qolamiz.