Junior Content Maker

Дата размещения вакансии: 07.05.2026
Работодатель: Englify
Уровень зарплаты:
от 3000000 до 6000000 RUR
Город:
Ташкент
улица Алишера Навои 35
Требуемый опыт работы:
не требуется

Kompaniya haqida:

Englify — bu ingliz tilini o‘rganishni zamonaviy va qiziqarli formatda taqdim etuvchi onlayn ta’lim platformasi. Biz nafaqat sifatli ta’lim beramiz, balki kuchli kontent orqali auditoriyamiz bilan yaqin aloqa o‘rnatamiz.

Hozirda biz marketing jamoamizni kengaytirmoqdamiz va kreativ fikrlaydigan, matnlar bilan ishlashni yoqtiradigan junior kontent-meyker qidirmoqdamiz. Agar siz qiziqarli va jalb qiluvchi matnlar yozishni bilsangiz, trendlarni kuzatib borsangiz va auditoriya bilan to‘g‘ri kommunikatsiya qila olsangiz — biz sizni jamoamizda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz.

Asosiy talablar:

O‘zbek va rus tillarida savodli va tushunarli yozish qobiliyati

Telegram auditoriyasi uchun mos kontent yozishni tushunishi

Postlar strukturasini bilishi (hook, asosiy qism, CTA)

Har xil formatlarda yozish: storytelling, ekspert postlar, sotuv postlari

Kontent orqali foydalanuvchini jalb qilish va ushlab turish ko‘nikmasi

Tone of voice’ni ushlay olish (brendga mos yozish)

Qo‘shimcha ustunliklar:

EdTech yoki ta’lim sohasida tajriba

SMM yoki kontent strategiyasi bilan ishlagan bo‘lishi

Telegram analytics (ko‘rishlar, CTR, engagement) tushunchasi

Viral va trend kontent yozish tajribasi

Shaxsiy sifatlar:

Kreativ fikrlash

Deadline’ga rioya qilish

Mustaqil ishlay olish

Feedback’ni tez qabul qilish va moslashish

Talab qilinadi:

Portfolio (Telegram postlardan misollar yoki boshqa yozma ishlar)

Test topshiriqni bajarishga tayyorlik

Grafik: offline to'liq (10:00 - 19:00 ) 6/1