Маркетолог

Дата размещения вакансии: 07.09.2026
Работодатель: SS BIO HEALTH CARE
Уровень зарплаты:
от 5000000 до 8000000 RUR
Город:
Ташкент
улица Паркент 263
Требуемый опыт работы:
От 1 года до 3 лет

📢 SS BIO HEALTH CARE MCHJ ishga taklif qiladi!

Vakansiya: Marketolog (Ayol)

Majburiyatlar:

  • Uchrashuvlar, seminarlar va taqdimotlarni tashkil etish hamda ularda faol ishtirok etish.
  • Jenshen mahsulotlarini mijozlarga professional tarzda tanishtirish va prezentatsiyalar o'tkazish.
  • Mahsulotlarning tarkibi, foydali xususiyatlari va qo'llash tartibi bo'yicha batafsil ma'lumot berish.
  • Potensial mijozlar bilan muzokaralar olib borish va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish.
  • Mijozlar bilan shartnomalar tuzish va rasmiylashtirish.
  • Mijozlarning savollariga javob berish, taklif va e'tirozlarini qabul qilish hamda ularni o'z vaqtida rahbariyatga yetkazish.
  • Rahbariyat tomonidan belgilangan marketing va savdo vazifalarini o'z vaqtida va sifatli bajarish.

Talablar:

  • O'zbek tilini mukammal bilish.
  • Rus va koreys tillarini bilish ustunlik hisoblanadi (majburiy emas).
  • Mijozlar bilan har qanday vaziyatda samarali muloqot qila olish.
  • Mas'uliyatli, xushmuomala, faol va natijaga yo'naltirilgan bo'lish.
  • Nutqi ravon va auditoriya oldida erkin taqdimot o'tkaza olish.
  • Muzokaralar olib borish va shartnoma tuzish ko'nikmalariga ega bo'lish.
  • Kompyuterdan foydalana olish (Microsoft Word, Excel).

Ish sharoitlari:

  • Qulay va zamonaviy ofis.
  • Do'stona va ahil jamoa.
  • Barqaror va o'z vaqtida to'lanadigan ish haqi.
  • Kasbiy o'sish va rivojlanish imkoniyati.
  • Ish grafigi: 6/1 (yakshanba – dam olish kuni).
  • Ish vaqti: Dushanba–Juma 09:00–18:00.
  • Shanba: 09:00–13:00.
  • Tushlik: 13:00–14:00.

Biz sizni jamoamizda kutamiz!

Agar siz muloqot qilishni yoqtirsangiz, auditoriya oldida erkin chiqish qila olsangiz, prezentatsiyalar o'tkazish va mijozlar bilan ishlashga qiziqsangiz, SS BIO HEALTH CARE jamoasiga qo'shiling!