Шайхантахурский район, массив Джангох 20
NURINVEST — moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan kompaniya. Biz mijozlarga fond bozorida investitsiyalarni boshlashga yordam beramiz va halol investitsiya strategiyalarini targ‘ib qilamiz. Kompaniyamiz o‘sib borayotgan sotuv jamoasiga rahbarlik qiladigan, tajribali va natijaga yo‘naltirilgan Sotuv bo‘limi boshlig‘ini izlamoqda.
Vazifalar va majburiyatlar:
Sotuv strategiyasini ishlab chiqish va jamoa bilan birgalikda amalga oshirish;
Sotuv menejerlari ishini nazorat qilish, KPI asosida baholash va samaradorligini oshirish;
Kunlik, haftalik va oylik sotuv hisobotlarini tayyorlash va tahlil qilish;
Mijozlar bilan ishlash jarayonini boshqarish va ularni kompaniya xizmatlaridan foydalanishga jalb qilish;
Yangi mijozlarni jalb qilish, mavjud mijozlar bilan doimiy aloqani saqlash;
O‘quv mashg‘ulotlari, treninglar va ichki motivatsion jarayonlarni tashkil qilish;
Bozorni monitoring qilish va raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish.
Talablar:
Telefon yoki ofisda sotuv sohasida kamida 1-2 yil rahbarlik tajribasi;
Sotuv strategiyasi, mijozlar bilan ishlash texnikalari va KPI tizimini yaxshi bilish;
Yetakchilik, muammo yechish va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari;
Yaxshi muloqot qobiliyati va ishbilarmonlik etikasi;
O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish (ingliz tili afzallik hisoblanadi);
Natijaga yo‘naltirilgan, intizomli va mas’uliyatli bo‘lish.
Biz taklif qilamiz:
Oylik maosh: Fix 3 000 000–5 000 000 so‘m + KPI jamoa natijasiga qarab bonuslar 2%
Sotuv menejmenti sohasida professional o‘sish imkoniyati;
Do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa muhiti;
O‘quv dasturlari va liderlik treninglarida qatnashish;
Rahbarlik pozitsiyasida o‘z g‘oyalaringizni amaliyotga joriy qilish imkoniyati.
Ish vaqti:
Dushanbadan Shanbagacha: 9:00–18:00
Ish joyi: Toshkent shahar shoyhontohur tumani abay 20