от 10000000 до 12000000 RUR
Ташкент
Мирзо-Улугбекский район
Мирзо-Улугбекский район
От 1 года до 3 лет
Milliy statistika qo'mitasi markaziy apparat jamoasi mas'uliyatli, tashabbuskor va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega nomzodlarni Iqtisodchi-tahlilchi vakant lavozimiga taklif etadi.
Lavozim majburiyatlari:
- Statistik ma'lumotlarni tahlil qilish va tahliliy hisobotlar tayyorlash;
- Ma'lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish usullarini takomillashtirish;
- Statistik ma'lumotlarning sifati, ishonchliligi va taqqoslanuvchanligini ta'minlash;
- Makroiqtisodiy va statistik tahlil o‘tkazish;
- Ma'lumotlar bazalari bilan ishlash;
- Jadvallar, grafiklar va vizualizasiyalar tayyorlash;
- Matematik statistika, ekonometrika va mashinali o‘qitish usullarini qo‘llash;
- Tahliliy materiallarni tayyorlash va taqdimot qilish.
Malakaviy talablar:
- Iqtisodiyot, statistika, moliya, matematika yoki turdosh sohalar bo‘yicha oliy ma'lumot;
- Excel va statistik dasturlarda (Python, Power BI, SQL, Stata, EViews, R yoki o‘xshash) ishlash ko‘nikmalari;
- Katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlash tajribasi;
- O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish;
- Analitik va tanqidiy fikrlash, muloqot ko‘nikmalari, diqqatlilik va jamoada ishlash qobiliyati.
Afzalliklar:
- Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
- Davlat boshqaruv tizimida shaxsiy va kasbiy rivojlanish;
- Yuqori malakali mutaxasisslar bilan ishlash va muhim davlat loyihalarida ishtirok etish imkoniyati;
- Barqaror va o'z vaqtida to'lanadigan munosib ish haqi;
- Qulay ish jadvali: 5/2, to'liq ish kuni;
- Qonunchilikka muvofiq ijtimoiy kafolatlar va imtiyozlar;
- Qulay ish joyi va ahil jamoa;
- Tashkilot hisobidan malaka oshirish va o‘quv dasturlarida qatnashish.